Windows operatsion tizimida yangilanish kutilmoqda

  • 11:07 / 04.06.2021
  • 65

Microsoft kompaniyasi yangi Windows operatsion tizimini taqdim etadi. Bu haqda kompaniya ijrochi direktori Sadya Nadellaning gaplariga tayanib, Bloomberg xabar qilmoqda. Nadellaning so‘zlariga ko‘ra operatsion tizim so‘nggi 10 yilllikning eng yaxshisi bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, yangi dasturiy ta’minot o‘zgacha dizayni bilan oldingilarini takrorlamaydi. Bundan tashqari foydalanuvchilar o‘zlari uchun ma’qul bo‘lgan mavzularni “Windows store”dan yuklab oladi.

Yangi Windows'da foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lumotni tezda bir-biriga uzatish funksiyasi paydo bo‘ladi. 24-iyundan tor doiradagi foydalanuvchilar yangi versiyani sinovdan o‘tkazishni boshlaydilar. Kompaniya tomonidan dastur keng ommaga kuz oylarida taqdim etiladi.