$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

Bloger Otabek Nuritdinov nega qamalganligi yuzasidan Andijon viloyat hokimligi rasmiy bayonot berdi

12:28 / 02.01.2020

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “Otabek Nuritdinov” taxallusi bilan voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirib kelgan fuqaro Abdufatto Nuritdinovning sud qarori bilan ma’muriy qamoq jazosi tayinlanganligi yuzasidan Andijon viloyati huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa mas’ul idoralar rasmiy bayonotlarining video murojaati e’lon qilindi.

“Huquqni muhofaza qiluvchi organlar har qanday harakatga huquqiy chora ko‘rish vakolatiga ega. Shu o‘rinda Otabek Nuritdinovning noqonuniy xatti-harakatlari ham o‘z isbotini topganligi sababli unga tegishli chora ko‘rilgan. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi asossiz postlari Andijon viloyati imijiga putur yetkazishdan boshqa narsa emas deb baholaymiz. Shu o‘rinda barcha OAV jurnalistlari va blogerlarga har qanday harakatni oldin chuqur o‘rganib undan so‘ng baho berishlarini so‘raymiz. Fuqarolarning so‘z erkinligi qonun bilan belgilab qo‘yilgan. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda dalillar bilan mustahkamlanmagan masalalarni yoritish, fuqarolarning shaxsi va qadr-qimmatini kamsitish, tuhmat va haqorat qilish amaldagi qonunlarga ko‘ra tegishli javobgarlikni keltirib chiqaradi”, deydi Andijon viloyati hokimining matbuot kotibi Mirzohid Botirov.

Andijon viloyat hokimligining tayyorlagan video axborotidagi IIB vakilining so‘zlariga ko‘ra, fuqaro E.Yakubov huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilib, Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali “Otabek Nuritdinov” nomli akkaunt egasi tomonidan uni obro‘sizlantiruvchi, asossiz va tuhmatdan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni muntazam ravishda joylashtirib kelayotganligini, shu sababli unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Shuningdek, fuqarolar M.Isaqova va F.Buzrukov ham Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Otabek Nuritdinov” nomli akkaunt egasiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan.

M.Isaqova o‘z shikoyatida 2019-yilning 18-oktabr kuni uning shaxsiyatiga qaratilgan uydirmalar tarqatib, u va uning jamoasini “korrupsion o‘choq” deb haqorat qilganligini bildirib, tuhmat va haqorat qilinganligi, F.Buzrukov esa o‘zining profili orqali “33 million aholi bittadan tuflasa ham tupugiga cho‘kib o‘lasan, oynaga bir qaragin, yaxshilab e’tibor berib qaragin” deb ushbu profilga uni tasvirlab, shaxsiyatiga teguvchi “cho‘chqa” rasmini joylab, uni qattiq haqorat qilganligini bildirgan.

Shuningdek, fuqaro Abdufatto Nuritdinov 2019-yilning 30-dekabr kuni soat 10:30 da jamoat joyi hisoblangan Asaka tumani Moliya bo‘limining ma’muriy binosi yonida, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, hokimiyat va davlat idoralarining vakillariga noo‘rin talablar qo‘yib, fuqaro B.Qahhorovni xaqoratli, uyatli so‘zlar bilan so‘kib, fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi xatti-harakatlarni sodir etgan.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida fuqaro Abdufatto Nuritdinov tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40-(tuhmat), 41-(haqorat) va 183-(mayda bezorilik) moddalarida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganligi aniqlanib, to‘plangan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda Andijon viloyati ma’muriy sudiga yuborilgan.

30-dekabr kuni Andijon viloyati ma’muriy sudining qaroriga asosan fuqaro Abdufatto Nuritdinovga nisbatan:

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40-moddasi bilan BHMning 30 baravari miqdorida (6,69 million so‘m) jarima, 41-moddasi bilan BHMning 30 baravari miqdorida (6,69 million so‘m) jarima solingan, shuningdek, 183-moddasi bilan 15 sutka ma’muriy jazo belgilanib, ushbu jazolar Kodeksning 34-moddasi qo‘llanilgan holda uzil-kesil o‘tash uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralardan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon muzokaralardan so‘ng OAV vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ommav…
19:27 / 18.04.2024
18-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

18-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.
17:01 / 17.04.2024
Erdog‘an: Isroil Gitlerdan o‘zib ketdi

Erdog‘an: Isroil Gitlerdan o‘zib ketdi

Isroil 14 mingdan ortiq begunoh bolalarni o‘ldirgan.
16:05 / 17.04.2024
Olti oylik tanaffusdan so‘ng G‘azo sektorida novvoyxona qayta ochildi

Olti oylik tanaffusdan so‘ng G‘azo sektorida novvoyxona qayta ochildi

Muassasa olti oyga yopilgan edi.
15:51 / 17.04.2024
“Mendirman” klipi AQShda e’tirof etildi

“Mendirman” klipi AQShda e’tirof etildi

U “Eng yaxshi klip” nominatsiyasiga loyiq ko‘rilgan
10:02 / 17.04.2024
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati yozmoqda.
13:59 / 17.04.2024
Hindiston aholi soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi

Hindiston aholi soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi

Ikkinchi o‘rinda 1,425 milliard kishi istiqomat qiluvchi Xitoy turadi.
11:38 / 18.04.2024
Donald Tramp Nyu-Yorkda Polsha Prezidenti bilan uchrashdi

Donald Tramp Nyu-Yorkda Polsha Prezidenti bilan uchrashdi

Tramp videoni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qildi.
10:46 / 18.04.2024
Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi

Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.
12:13 / 18.04.2024
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi

Shu jumladan seysmoizolyatsiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
16:13 / 18.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!