Ijtimoiy tarmoqlarda mahalla raisining kaltaklanishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilling 28-may kuni soat 13:30 larda fuqaro S.J. yo‘qolib qolgan mollarini qidirib yurganida, Muborak tumani “Ko‘hnashahar” mahallasi cho‘l hududida qo‘ylarini boqib yurgan fuqaro T.P.dan mollarini qo‘rgan yoki qo‘rmaganligini so‘ragan.
Keyinchalik ular o‘zaro tortishib qolishgan, natijada T.P, S.J.ni boshi, yuzi, qo‘l sohalariga qo‘llari bilan urib, tepib, so‘ngra sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyo, ya’ni S.J.ning yo‘l xaltasidan tushib qolgan bir dona bolt va gaykalarni burash uchun ishlatiladigan tarqatuvchi kalit bilan S.J.ning boshi va qo‘llariga o‘ta shafqatsizlik bilan urib qasddan tan shikasti yetkazgan.
Holat yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi TB tomonidan T.P.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismi bilan Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, jinoyat ishi yuzasidan T.P.ga 2021 yil 19-iyun kuni Muborak tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismi «g,m» bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayb e’lon qilinib, unga nisbatan munosib xulq atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxat tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari ayblov xulosasi tuzish bilan tamomlanib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Muborak tuman sudiga yuborishlik uchun nazorat tartibida Muborak tuman prokuroriga yuborilgan.
Muborak tuman IIB HPB profilaktika inspektori leytenant B.Ixtiyorovning harakatlari Qashqadaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!