$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
41° Kechasi 26°

Chet tilini o‘rgatadigan bepul mobil ilovalar

11:38 / 23.12.2019

Chet tilini o‘rganishni xohlaysiz-u, ammo sira ham jonkuyar o‘qituvchi topa olmayapsizmi? Mobil telefoningizga bir qancha bepul ilovalardan o‘zingizga mosini yuklab olib, o‘zingiz mustaqil shug‘ullanarsiz. Shunda bekatda turganingizda yoki avtobusda uzoq vaqt yo‘l bosib o‘tayotganingizda ham vaqtni bekor ketkazmaysiz. Quyida xorijiy til o‘rganishga yordam beradigan bir qancha ilovalar ro‘yxatini keltiramiz. 

1.  Duolingo

Duolingo chet tilini noldan boshlab o‘rganuvchilarga ham, davom ettituvchilarga ham mos ilova. U sizga kichik gaplar, rasmlar va audio yordamida yangi so‘z, so‘z birikma va gap tuzishlarni o‘rgatib boradi. Mashqlar yordamida chet tilidagi so‘zni eshitish va suratini ko‘rish orqali o‘z ona tilingizga tarjima qilishingiz mumkin. 
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ingliz, ispan, fransuz, nemis, xitoy, yapon, koreys, italyan, portugal, golland, irland, shved, turk, esperanto, indonez, chex, yunon, hind, rus, ukrain, ivrit va boshqalar.

2.  Busuu

Ushbu ilovada o‘rganishni xohlagan tilingizni tanlaysiz va qaysi darajada ekaningizni ko‘rsatasiz. Masalan, boshlang‘ich, davom ettiruvchi va ilg‘or o‘rganuvchi. Busuu’ning eng yaxshi tomoni shundaki, u kundalik hayotda ko‘p qo‘llaniladigan so‘z va jumlalarni boshlang‘ich darajadayoq o‘rgatadi. Ilova sizga yangi so‘zlarni alohida va gaplarni ichida kelgan holatda o‘rgatadi. Ma’lum vaqtdan keyin esa bilimlaringizni tekshirib ko‘radi.   
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, rus, turk, yapon, xitoy, polyak, portugal.

3.  Memrise

Boshqa ilovalardan farqli ravishda Memrise offlayn kurslarni ham taqdim etadi. Til o‘rganish darajangizni o‘zingiz tanlaysiz. Memrise’ning yana bir farqli jihati u chet tilidagi so‘zlarni o‘rgatishda tezroq yodlab olishingiz uchun ona tilingizga talaffuz jihatidan yaqinini tanlaydi. Bundan tashqari u tarjimalarni aralashtirilgan holda sizga beradi, bu bilan siz bir vaqtning o‘zida bir nechta yangi so‘zlarni o‘rganasiz. 
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ingliz, fransuz, nemis, rus, ispan, italyan, yapon, arab, turk, portugal, xitoy, koreys, shved, polyak, mo‘g‘ul va boshqalar.

4.  Rosetta Stone

Rosetta Stone asosan sayohatchilar uchun mo‘ljallangan ilova bo‘lib, asosiy so‘z va so‘z birikmalarni o‘rgatadi. O‘rganayotgan chet tilingizdagi yangi so‘zlar rasmlar orqali ko‘rsatiladi va audioda talaffuzini eshitasiz. Undan so‘ng talaffuzingizni tekshirish uchun o‘zingiz yangi so‘zni takrorlashingiz kerak. O‘zingiz xohlamagan mavzularni o‘tkazib yuborishingiz yoki bir tartibda o‘rganishingiz imkoni bor.
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: ingliz (Britaniya), ingliz (AQSh), ispan (Lotin Amerika), ispan (Ispaniya), fransuz, italyan, nemis, xitoy, rus, arab, koreys, yunon, ivrit, hind, irland, fors, turk, shved, polyak va boshqalar. 

5.  Clozemaster

O‘yinlar orqali til o‘rganishga asoslangan ilova. Berilgan gapda tushirib qoldirilgan so‘zlarni mosini tanlashingiz kerak bo‘ladi. Shu tariqa eng ko‘p qo‘llaniladigan so‘zlarni mashq qilib borasiz. Clozemaster asosan o‘rganib bo‘lgan so‘zlaringizni sinash uchun yoki ancha yillar oldin o‘rgangan bilimlaringizni qayta tiklab olish uchun yordam beradi.  
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: fransuz, nemis, ispan, ingliz, arab, xitoy, golland, italyan, turk, koreys, portugal va boshqalar.

6.  Beelinguapp

Agar til o‘rganish jarayoningiz kitoblarni ham qamrab olishini istasangiz, Beelinguapp aynan siz uchun. Ilova sizga sevimli hikoyalaringizni audio shaklida taqdim qiladi. Istasangiz o‘zingiz o‘qishingiz mumkin. Ekranda o‘rganayotgan tilingiz va ona tilingizdagi matnni bitta ekranga qo‘yishingiz mumkin. Aynan sizni qiziqtirgan gap qanday talaffuz qilinishini o‘rganish uchun belgilashingiz va faqat o‘sha gapning audiosini eshitishingiz, ortidan takrorlashingiz mumkin. 
O‘rganish mumkin bo‘lgan tillar: rus, ingliz, nemis, fransuz, turk, xitoy, arab, yapon, italyan, ispan, koreys, hind va portugal.

Ikki va undan ortiq tilda gapirish xotirani yaxshilaydi, dunyoqarashni kengaytiradi va sizga ko‘pgina imkoniyatlar eshigini ochadi. Xo‘sh, endi nimani kutyapsiz?

Ziyodaxon G‘ulomova tayyorladi.


Bu ham qiziq

Toshkentda yana bir ko‘cha bir oyga yopildi

Toshkentda yana bir ko‘cha bir oyga yopildi

Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar …
10:05 / 19.07.2025
Kobulda Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha uch tomonlama kelishuv imzolandi

Kobulda Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha uch tomonlama kelishuv imzolandi

Yo‘lak savdoni yaxshilaydi va janubiy portlar orqali jahon bozorlariga yangi yo‘llar ochadi.
12:20 / 18.07.2025
Istanbul-Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

Istanbul-Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

Bugun, 19-iyul kuni, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY282 reysida, Istanbul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz va…
16:00 / 19.07.2025
Suriya va Isroil sulhga erishdi

Suriya va Isroil sulhga erishdi

Diplomat druzlar, badaviylar va sunniylarni qurollarni tashlab, boshqa ozchilik guruhlar bilan birgalikda qo‘shni davlatlar …
14:23 / 19.07.2025
Los-Anjelesda bir erkak mashinasini olomon ustiga haydashi natijasida 20 dan ortiq odam jarohat oldi

Los-Anjelesda bir erkak mashinasini olomon ustiga haydashi natijasida 20 dan ortiq odam jarohat oldi

Hozirda shahar politsiyasi va favqulodda vaziyatlar bo‘limlarining yuzlab xodimlari voqea joyida bo‘lib turibdi
21:33 / 19.07.2025
O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 27 foizga oshdi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari 27 foizga oshdi

Joriy yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondan chet elga yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yil darajasida saqlanib qol…
15:29 / 18.07.2025
Ekologiya vazirligi Murod Nazarovning daraxt kesishga moratoriyni bekor qilish taklifiga qarshi chiqdi

Ekologiya vazirligi Murod Nazarovning daraxt kesishga moratoriyni bekor qilish taklifiga qarshi chiqdi

Shuningdek, tadbirkor tilga olgan daraxt kesish bo‘yicha turli “usullar” qo‘llanilayotganligi munosabati bilan “taftish o‘tk…
17:48 / 19.07.2025
Chorvachilikda yangi bosqich: O‘zbekiston Mo‘g‘uliston bilan hamkorlik qiladi

Chorvachilikda yangi bosqich: O‘zbekiston Mo‘g‘uliston bilan hamkorlik qiladi

Mo‘g‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh mayda shoxli mollar olib kelinadi.
14:33 / 18.07.2025
Bank plastik kartasi orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bank plastik kartasi orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi chegara blok-postida sodir bo‘lgan
18:32 / 18.07.2025
O‘zbekistonda chet el sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 20,2% ga oshgan

O‘zbekistonda chet el sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 20,2% ga oshgan

Chet el sarmoyalarining kirib kelishi bo‘yicha Xitoy davlati ancha oldinda
21:24 / 18.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!