18-aprel kuni yengil vazn toifasidagi UFC chempioni Habib Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi jang olib boradi. Ushbu uchrashuv Bruklinda bo‘lishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli Nyu-York shtatidagi barcha tadbirlar bekor qilingan.
UFC 249 prezidenti Dana Uayt jang uchun boshqa joy topganini ma’lum qildi. Bu haqda MMA Junkie nashri xabar berdi.
“Nurmagomedov va Fergyuson o‘rtasida jang bo‘lib o‘tadi. Buning uchun boshqa joy topdim. Faqat jang tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi”, deydi Uayt.
U jang aynan qayerda bo‘lishiga oydinlik kiritmagan. Uaytning ma’lum qilishicha, u yerda hech qanday muxlislar bo‘lmaydi.
“Bu yopiq tadbir”, deya qo‘shimcha qilgan UFC 249 prezidenti.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!