2021-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3,9 mln nafarga yetdi. Bu haqda Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori Abdulaziz Haydarov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, nafaqa va pensiya oluvchilar umumiy aholi sonidagi ulushi 11,2 foizni tashkil qilgan. Shundan, 3,5 mln nafarga yaqini pensiya va 400 ming nafardan ortig‘i nafaqa oluvchilar.
Yilning 1-choragida 86 535 nafar fuqarolarga pensiya va nafaqalar tayinlandi. Shuningdek, 4 892 nafardan ortiq fuqarolarning pensiya ishlarini tekshirish natijasida aniqlangan 12 mlrd so‘mlik ortiqcha to‘lovlar hisobdan chiqarildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!