$
12689.97 UZS
-15.03
137.20 UZS
1.09
13557.96 UZS
14.43
22° Kechasi 10°

Euronews’ning rus nashri O‘zbekiston Prezidentlik saylovi haqida yolg‘on xabar tarqatmoqda

10:40 / 25.10.2021

Euronews’ning rus nashri O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Prezidentlik saylovi haqida tasdiqlanmagan xabar tarqatmoqda.
Nashrning iddaosicha, O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev 90 foiz ovoz bilan ikkinchi muddatga qayta saylangan.

Shuningdek, “euronews” Mirziyoyevning hukumat tepasiga kelishi tarixi hamda amaldagi prezidentning mamlakatda olib borgan islohotlari to‘g‘risida qisqacha to‘xtaladi.

Bundan tashqari nashr xalqaro hamjamiyatning O‘zbekistondagi Prezidentlik sayloviga bo‘lgan qiziqishlari “ko‘p jihatdan mamlakatning Afg‘oniston bilan chegaradoshligi va “Tolibon”ning ushbu mamlakatga ta’sirini oldini olish muhim”liligi bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi.

O‘z navbatida Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati Prezident saylovining dastlabki natijalari e’lon qilinganligi haqida xabarlar yuzasidan munosabat bildirib, “bu xabar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini” aytmoqda.

“Bu xabar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Prezident saylovining dastlabki natijalari bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev tomonidan e’lon qilinishini yana bir karra eslatib o‘tamiz”, – deyiladi MSK munosabatida.


Bu ham qiziq

“Tolibon” ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

“Tolibon” ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

Bu haqida “Aamaj News” xabar berdi.
11:52 / 24.04.2024
25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

25-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
02:19 / 25.04.2024
Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Bishkekda Markaziy Osiyodagi eng yirik stadion quriladi

Stadion bir vaqtning o‘zida 45 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
08:54 / 23.04.2024
Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Sud hujjatlarida ko‘rsatilishicha, ular tez-tez janjallashib turgan.
17:53 / 24.04.2024
Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvanda bir kunda 80 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi

Tayvan ob-havo xizmatining xabar berishicha, o‘tgan kecha orolning Sharqiy qirg‘og‘ida 80 dan ortiq zilzilalar sodir bo‘lib,…
09:42 / 23.04.2024
G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

So‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 54 nafar fuqarosi halok bo‘lgan.
12:51 / 23.04.2024
Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 24-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 24-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ing…
00:34 / 24.04.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

Unda eng ertakchi Xitoy davlati bo‘lmoqda.
12:43 / 23.04.2024
Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Yerevanda Turkiya va Ozarbayjon bayroqlari yoqib yuborildi

Qayd etilishicha, 2000-yildan beri Armanistonda shunga o‘xshash tadbirlar har yili o‘tkaziladi.
12:55 / 24.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!