$
12697.00 UZS
2.04
135.05 UZS
0.39
13547.70 UZS
38.99
22° Kechasi 10°

Surxondaryoda fuqaroni “uchastkavoy” va uning yordamchilari urib o‘ldirib qo‘ydi

18:11 / 29.07.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Oqtom mahallasida yashagan Hasan Xushmatovni ichki ishlar xodimlari majburlab idoraga olib ketib, vahshiylarcha qiynab o‘ldirgani haqida xabarlar tarqalgan.

Aniqlanishicha, shu yilning 10-iyulida Denov tumani Oqtom maxallasida yashovchi fuqaro Yunus Xushmatov tuman ichki ishlar bo‘limiga akasi Hasan Xushmatov mast holda yashash uyida janjal qilib, tinchligini buzayotgani haqida xabar bergan.

Shunga asosan, tuman IIO FMB profilaktika inspektori va uning ikki nafar yordamchisi H.Xushmatovning xonadoniga kelishgan va uni avtomashinaga o‘tkazib, tuman IIBga olib ketishgan. Yo‘lda profilaktika inspektorining yordamchilari H.Xushmatovni bir necha bor urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda H.Xushmatov 11-iyul kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104 va 206-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Surxondaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Bu ham qiziq

Hindiston aholi soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi

Hindiston aholi soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi

Ikkinchi o‘rinda 1,425 milliard kishi istiqomat qiluvchi Xitoy turadi.
11:38 / 18.04.2024
Bugun, 19-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 19-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 19-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
08:22 / 19.04.2024
Donald Tramp Nyu-Yorkda Polsha Prezidenti bilan uchrashdi

Donald Tramp Nyu-Yorkda Polsha Prezidenti bilan uchrashdi

Tramp videoni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qildi.
10:46 / 18.04.2024
AQSh O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasiga 50 dona ko‘rik majmuasini topshirdi

AQSh O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasiga 50 dona ko‘rik majmuasini topshirdi

AQSh elchisi ushbu uskunalar chegara xavfsizligi va xizmat faoliyati samaradorligini oshirishda o‘z samarasini berishini ta’…
10:53 / 18.04.2024
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati yozmoqda.
13:59 / 17.04.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
09:55 / 18.04.2024
Kilian Mbappe “PSJ” haqida yakuniy qarorga keldi

Kilian Mbappe “PSJ” haqida yakuniy qarorga keldi

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe yozgi transfer oynasida fransuz klubini tark etadi.
10:42 / 19.04.2024
Avstraliyalik erkak qayiqda emas, qovoqda daryodan suzib о‘tdi

Avstraliyalik erkak qayiqda emas, qovoqda daryodan suzib о‘tdi

Qovoq “Tormund” deb nomlangan.
14:07 / 18.04.2024
Marokash misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Marokash misli ko‘rilmagan qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda

Joriy yilda ekin maydonlari 2023-yilga nisbatan 31 foizga kamaygan.
14:12 / 18.04.2024
Olti oylik tanaffusdan so‘ng G‘azo sektorida novvoyxona qayta ochildi

Olti oylik tanaffusdan so‘ng G‘azo sektorida novvoyxona qayta ochildi

Muassasa olti oyga yopilgan edi.
15:51 / 17.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!