$
12694.96 UZS
23.12
134.66 UZS
0.02
13508.71 UZS
39.81
22° Kechasi 10°

Jinoyatchilik yanvar-iyun oylarida o‘tgan yilga nisbatan qariyb 12 foizga oshgani aytildi

14:14 / 30.07.2021

Xususan, 2021-yil 6-oyda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 95,3 foizi fosh etilgan, qidiruvdagi 1 833 nafar shaxs ushlangan. Bedarak yo‘qolgan 218 nafar shaxs topilgan. Ichki ishlar organlari xodimlarining tashabbusi bilan mazkur davrda 15 434 ta jinoyat aniqlangan.

Qayd etish lozimki, ichki ishlar organlari xodimlari tashabbusi bilan aniqlangan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 71,4 foizga yaxshilangan.

Shu bilan birga, muayyan kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar va to‘liq foydalanilmagan imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Biroq o‘tkazilgan o‘rganishlar huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmaganligi ichki ishlar organlari faoliyatida muayyan kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar va to‘liq foydalanilmagan imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatdi.

Xususan, 2021-yil 6-oyida respublika miqyosida sodir etilgan umumiy jinoyatlar soni 45 630 tani tashkil etib, har 100 ming aholiga o‘rtacha 132 tadan to‘g‘ri kelgan. O‘tgan yilga nisbatan 111,9 foizga ortgan.

Ushbu ko‘rsatkich Toshkent shahriga 383,3 tadan, Farg‘ona viloyatiga 223,4 tadan, Toshkent viloyatiga 168,4 tadan, Sirdaryo viloyatiga 151,4 tadan to‘g‘ri kelib, respublika miqyosida salbiy ko‘rsatkich qayd etilgan.

Oldi olinishi mumkin bo‘lgan 217 ta qotillik, 4 137 ta tan jarohati yetkazish, 135 ta bosqinchilik, 1 100 ta bezorilik, 7 618 ta o‘g‘rilik, 9 439 ta firibgarlik jinoyati sodir etilishiga yo‘l qo‘yilgan.

Bundan tashqari, 6 mingga yaqin (5 837 nafar), ayniqsa, Andijon (1130), Toshkent (709), Farg‘ona (602) viloyatlari va Toshkent shahrida (595) ishsizlar tomonidan jinoyatlar sodir etilib, joylarda aholining bandligini ta’minlash ishlari samarasiz tashkil etilganligidan dalolat beradi.

Oilalardagi notinchlik, nizolarning o‘z vaqtida hal etilmasligi mahalla faollari va keng jamoatchilikning e’tiboridan chetda qolganligi oqibatida o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilmoqda.

Jumladan, 2021-yil 6 oyida oilaviy munosabatlar doirasida sodir etilgan jinoyatlarning 77 tasi qotillik, 798 tasi tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlardir.

Shu bilan birga, oilaviy nizolarga o‘z vaqtida barham berilmaganligi oqibatida 9 575 ta oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklar sodir etilib, ularning aksariyati, ya’ni 70 foizi Toshkent shahar, Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollarning muammolari to‘liq hal etilmasdan kelinayotganligi oqibatida 2021-yilning birinchi yarim yilligida 3 236 nafar xotin-qiz tomonidan 1 163 ta jinoyat sodir etilgan.

Yoshlar bilan ishlashda hanuz ko‘plab muammolar saqlanib qolayotganligi, ularni bartaraf etishga yetarli darajada e’tibor qaratilmaganligi oqibatida 2021 yilning 6 oyida sodir etilgan jami jinoyatlarning 7 849 tasi aynan yoshlar tomonidan sodir etilgan. Jinoyatga qo‘l urgan yoshlarning 3180 nafarining bandligi ta’minlanmagan, ta’lim bilan qamrab olinmagan yoshlar tashkil etgan.


Bu ham qiziq

Asabiylashish saraton kasalligiga sababchi bo‘lishi mumkin

Asabiylashish saraton kasalligiga sababchi bo‘lishi mumkin

AQShning “Kold-Spring-Xarbor” laboratoriyasi olimlari o‘tkazgan tadqiqot davomida stress va saraton kasalligi o‘rtasidagi bo…
15:48 / 17.04.2024
Gretsiyada jurnalistlar ish tashlash e'lon qildi

Gretsiyada jurnalistlar ish tashlash e'lon qildi

"Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari endi mehnat sharoitlari va juda past maoshlarning garovi bo‘lmasligi k…
11:44 / 17.04.2024
Shavkat Mirziyoyev transport va qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev transport va qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Taqdimotda mazkur loyihalar bo‘yicha bir nechta takliflar ko‘rib chiqildi. Mutasaddilarga loyihalarni takomillashtirish, qul…
22:21 / 16.04.2024
Rossiyaning Novosibirsk viloyatida migrantlarga taksi haydash taqiqlanmoqda

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida migrantlarga taksi haydash taqiqlanmoqda

Bu bo‘yicha Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikovning tegishli farmoni imzolangan.
15:46 / 16.04.2024
Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Sirdaryoda 34,3 mlrd so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi

Ularga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
11:32 / 18.04.2024
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q.
09:01 / 17.04.2024
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati yozmoqda.
13:59 / 17.04.2024
Dubayda oltin banknota chiqarildi

Dubayda oltin banknota chiqarildi

Banknotalar Dubay oltin bozoridagi “Dian Jewellery” va “Shantilal Jeweler” magazinlarida mavjud.
09:57 / 17.04.2024
Hududlar kesimida doimiy aholi soni qancha?

Hududlar kesimida doimiy aholi soni qancha?

2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni qariyb 37 mln kishini tashkil etgan.
09:27 / 18.04.2024
Erdog‘an: Isroil Gitlerdan o‘zib ketdi

Erdog‘an: Isroil Gitlerdan o‘zib ketdi

Isroil 14 mingdan ortiq begunoh bolalarni o‘ldirgan.
16:05 / 17.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!