$
12654.57 UZS
-12.43
135.26 UZS
-0.51
13483.44 UZS
1.95
22° Kechasi 10°

Xorijiy OTMlar diplomi qanday holatlarda O‘zbekistonda tan olinmaydi?

17:33 / 09.09.2021

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat  inspeksiyasi matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulov oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kira olmagan abituriyent yoshlar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan bir qancha dolzarb savollarga javob berdi.

Ta’kidlanishicha, ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasida bugun mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari soni 29 taga yetdi. Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-sahifalari o‘rganilganda, hozirda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Ma’mun nomidagi Jahon tillari instituti, TMC instituti hamda TEAM universiteti, Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti, Toshkent xalqaro ta’lim universiteti kabi oliy ta’lim tashkilotlarida qabul jarayonlari davom etayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu muassasalarga oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun Ta’lim inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda litsenziyalar rasmiylashtirilgan. Ular tomonidan berilgan diplom mamlakatimizdagi boshqa oliygohlarniki bilan bir qatorda tan olinadi.

“Avvalo, tashkilotning oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat yuritishiga ruxsat beruvchi hujjati, ya’ni lisenziyasi mavjudligiga ishonch hosil qilish kerak. Keyingi eng muhim talab – ta’lim muassasasi tomonidan beriladigan  diplom o‘zi joylashgan mamlakat hududida tan olinishi bilan bog‘liq. Buning uchun esa oliy ta’lim muassasasi va uning ta’lim dasturlari vakolatli organlar tomonidan akkreditasiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi zarur.

Bundan tashqari, talabgor tanlagan oliy ta’lim muassasasining o‘qitish shakli va ta’lim dasturlari O‘zbekiston qonunchiligiga mos kelishini o‘rganishi zarur. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, O‘zbekiston hududida rasman tan olinadigan bakalavriat bosqichi kamida 3 yil, sirtqi ta’lim kamida 4 yil, magistratura esa kamida 1 yil muddat etib belgilangan.

Agar xorijiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilgan davlatda uning egasiga O‘zbekistondagiga qaraganda ta’lim olish va (yoki) kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun kam huquqlar berilgan va oliy ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilmagan ta’lim shaklida olingan bo‘lsa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari qo‘shib o‘qitiladigan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim olganda umumiy o‘qish davri uch yildan kam bo‘lsa, bunday hollarda xorijiy oliy ta’lim muassasasi diplomi mamlakatimizda tan olinmaydi”, – dedi inspeksiyasi matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulov.


Bu ham qiziq

To‘qayev mamlakatdagi murakkab suv toshqinlari sababli yirik tadbirlar o‘tkazishni ta’qiqladiv

To‘qayev mamlakatdagi murakkab suv toshqinlari sababli yirik tadbirlar o‘tkazishni ta’qiqladiv

“Bizda bunday ofatlarning erta oldini olish tizimi va tegishli mutaxassislar yetishmayapti. Endi gidrotexnikalarni tayyorlas…
20:49 / 16.04.2024
O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 millionga yetdi

O‘zbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 millionga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-aprel holatiga resp…
12:19 / 16.04.2024
Mirziyoyev Turkmaniston TIV rahbarini qabul qildi

Mirziyoyev Turkmaniston TIV rahbarini qabul qildi

Unda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan.
17:04 / 15.04.2024
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan strategik sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish muhimligini qayd etdi
18:57 / 15.04.2024
AQShga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

AQShga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari …
11:16 / 16.04.2024
Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Prezident BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari bilan sheriklik kengayib borayotganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlad…
19:18 / 15.04.2024
Rossiyaning Novosibirsk viloyatida migrantlarga taksi haydash taqiqlanmoqda

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida migrantlarga taksi haydash taqiqlanmoqda

Bu bo‘yicha Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikovning tegishli farmoni imzolangan.
15:46 / 16.04.2024
Reklamalar endi kosmosda ham bor

Reklamalar endi kosmosda ham bor

Unda logotipni joylashtirish 1 000 000 dollarga tushadi.
11:12 / 15.04.2024
Niderlandiya 2026-yilgacha Ukrainaga harbiy va gumanitar ko‘mak uchun 4,4 mlrd yevro ajratadi

Niderlandiya 2026-yilgacha Ukrainaga harbiy va gumanitar ko‘mak uchun 4,4 mlrd yevro ajratadi

Niderlandiya o‘zining havo mudofaasini kuchaytirish va yangi o‘q-dorilar sotib olish uchun 500 million yevro oladi.
10:01 / 16.04.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yaponiya qirg‘oqlarida 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.
09:43 / 16.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!