$
12658.19 UZS
-100.17
161.44 UZS
-1.9
14672.11 UZS
-148
41° Kechasi 26°

Xalqaro Qur'oni Karim musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi

08:58 / 14.09.2019

Ma'lumki, har yili dunyoning bir qator davlatlarida yoshlarni Allohning kalomini yod olishga va musobaqalashishga qiziqtirish hamda ularni Qur'oni Karim xulqlari va odoblari bilan xulqlanishiga targ‘ib etish maqsadida xalqaro Qur'oni Karim musobaqalari an'anaviy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda.  Yurtimizning 2 nafar vakili mazkur musobaqada qatnashdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlar idorasi rasmiy portalida xabar berdi.

Shu yilning 7-11-sentyabr kunlari Qur'oni Karimni yoddan o‘qish va tafsir qilish bo‘yicha Saudiya Arabistonining Makka shahrida o‘tkazilgan 41-Xalqaro Qur'oni Karim musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. Bugun ishtirokchilar uchun Madina Munavvaradagi qadamjolarga ziyorat tashkil qilindi.  Ular orasida O’zbekistondan Toshkent islom instituti talabasi Husniddinov Zuhriddin qori va Buxoro shahridagi “Mir Arab” oliy madrasasi talabasi Orifjonov Abduraufxon ham mavjud. Ular Qur'oni Karimning to‘liq 30 porasini va 15 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish yo‘nalishida qatnashishdi. Musobaqada 103 ta davlatdan kelgan 146 nafar qorilar raqobatlashdi.

Joriy yilning 11-sentyabr kuni Makkayi Mukarrama shahrida Makkayi Mukarrama amiri Xolid al-Faysal janoblari rahbarligida g‘oliblarni taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda “Masjidul Haram” va “Masjidun Nabaviy” idorasi Bosh mudiri Shayx Doktor Abdurrohman as-Sudays, Saudiya Arabistoni Islom, irshod va da'vat ishlari vaziri Doktor Abdullatif bin Abdulaziz Ol ash-Shayx, Qirollik devoni maslahatchisi Shayx Sa'd bin Nosir, Masjidul harom imom-xatibi Shayx Solih bin Humayd va boshqa nufuzli shaxslar ishtirok etishdi. Tadbir chog‘ida  yuqori uch o‘rinni qo‘lga kiritgan 12 nafar qorilarga sovrinli mukofotlar topshirildi. Qur'oni Karimni to‘liq 30 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish bilan birga 30 poraning lug‘aviy ma'nolarini bilish yo‘nalishida 1-o‘rinni Saudiya Arabistoni, 2-o‘rinni Iordaniya, 3-o‘rinni Nigeriya davlatlari qorilari egalladi. Qur'oni Karimning 30 porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish yo‘nalishida 1-o‘rinni Keniya, 2-o‘rinni Iordaniya, 3-o‘rinni Nigeriya va Liviya davlatlari qorilari egalladi.

Qur'oni Karimning 15 porasini yoddan o‘qib berish yo‘nalishida 1-o‘rinni Filippin, 2-o‘rinni Liviya, 3-o‘rinni  Bahrayn davlatlari qorilari egalladi.

Musulmonlar kamchilik bo‘lgan davlatlar ishtirokchilari uchun Qur'oni Karimning 5 porasini yoddan o‘qib berish yo‘nalishida 1-o‘rinni Serbiya, 2-o‘rinni Bosniya va Gersegovina, 3-o‘rinni  Shri-Lanka davlatlari qorilari egallashdi.

O‘zbekiston vakillariga ishtiroki to‘g‘risidagi tashakkurnoma yorlig‘i taqdim etildi.


Bu ham qiziq

Kobulda Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha uch tomonlama kelishuv imzolandi

Kobulda Transafg‘on temir yo‘li bo‘yicha uch tomonlama kelishuv imzolandi

Yo‘lak savdoni yaxshilaydi va janubiy portlar orqali jahon bozorlariga yangi yo‘llar ochadi.
12:20 / 18.07.2025
“The Washington Post”: “Tramp va Zelenskiy iyul oyi boshida telefon orqali maxfiy muloqot qilgan”

“The Washington Post”: “Tramp va Zelenskiy iyul oyi boshida telefon orqali maxfiy muloqot qilgan”

Ammo nozik masalalar sababli bu suhbat ommadan sir tutilgan
21:11 / 18.07.2025
O‘zbekistonda chet el sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 20,2% ga oshgan

O‘zbekistonda chet el sarmoyalari ishtirokidagi korxonalar soni 20,2% ga oshgan

Chet el sarmoyalarining kirib kelishi bo‘yicha Xitoy davlati ancha oldinda
21:24 / 18.07.2025
Los Anjeles-2028 olimpiadasining musobaqalar jadvali va arenalar nomi e’lon qilindi

Los Anjeles-2028 olimpiadasining musobaqalar jadvali va arenalar nomi e’lon qilindi

Yopilish marosimi AQSh Kolizeyi nomini olgan arenada o‘tkaziladi
19:53 / 18.07.2025
Dam olish kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tariladi

Dam olish kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tariladi

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
15:05 / 18.07.2025
Ukraina Rossiyaning bir qancha hududlariga dron hujumlarini uyushtirdi

Ukraina Rossiyaning bir qancha hududlariga dron hujumlarini uyushtirdi

Kecha tunda Ukraina dronlari Rossiyaning bir qancha shaharlariga hujum uyushtirdi. Hujum natijasida Sheremetyevo va Domodedo…
12:54 / 19.07.2025
Toshkentda yana bir ko‘cha bir oyga yopildi

Toshkentda yana bir ko‘cha bir oyga yopildi

Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar …
10:05 / 19.07.2025
Bank plastik kartasi orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bank plastik kartasi orqali pora olgan bojxona inspektoriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi chegara blok-postida sodir bo‘lgan
18:32 / 18.07.2025
Istanbul-Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

Istanbul-Toshkent yo‘nalishida uchgan samolyotda chaqaloq dunyoga keldi

Bugun, 19-iyul kuni, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY282 reysida, Istanbul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz va…
16:00 / 19.07.2025
Bektemir tumanida “zakladchiklar” qo‘lga olindi

Bektemir tumanida “zakladchiklar” qo‘lga olindi

Hozirda Ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda
22:22 / 18.07.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!