O‘zbekistonliklar bu yil ham Haj ziyoratiga bora olmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu yilgi Haj-2021 mavsumi koronavirus pandemiyasi sababli faqat Saudiya Arabistoni Podshohligi aholisi va ushbu mamlakatda muqim yashab kelayotgan fuqarolar (rezidentlar) uchun tashkil etiladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni qarori e’lon qilingan.
Qarorga muvofiq, jami ziyoratchilar soni 60 ming etib belgilangan bo‘lib, bunda faqat 18 dan 65 yoshgacha emlangan mahalliy ziyoratchilar nazarda tutilgan.
Shuningdek, bu yilgi Haj mavsumida xorijiy mamlakatlardan ziyoratchilar qabul qilinmasligi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!