Kecha, 8-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar "Davlat byudjeti to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdilar.
Unga ko‘ra, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, Davlat byudjeti parametrlariga ayrim o‘zgartirishlar kiritiladi.
Mazkur o‘zgartishlar natijasida, 2021/2022-yilgi o‘quv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalariga davlat grantida qabul ko‘rsatkichlari soni 25 foizga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ehtiyojmand xotin-qizlarni OTMlarga qabul qilish tartibi o‘zgarganligi, unga ko‘ra mazkur toifadagi xotin-qizlarga ajratilgan kvota miqdori ikki baravarga oshirilgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!