Germaniya g‘arbidagi birgina Arvayler okrugida suv toshqini qurbonlari soni 110 kishidan oshdi. Mahalliy politsiyaga ko‘ra, 670 kishi turli darajada jarohat olgan. Tabiiy ofat tufayli butun Germaniya bo‘ylab jami 156 kishi halok bo‘ldi.
G‘arbiy Yevropada so‘nggi 20 yil ichidagi eng katta toshqindan Germaniyadan tashqari, Belgiya va Niderladiya ham jabr ko‘rdi. Shveysariya, Fransiya va Buyuk Britaniyada kuchli yog‘ingarchilik davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Germaniyada suv toshqinlari qurbonlari soni keskin oshib, 133 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!