$
12689.97 UZS
-15.03
137.20 UZS
1.09
13557.96 UZS
14.43
22° Kechasi 13°

Rasman: UFC kelasi oyda musobaqa o‘tkazadi. Unda Fergyuson Getjiga qarshi jang qiladi

10:17 / 25.04.2020

UFC prezidenti Dana Uayt kecha, 24-aprel kuni ESPN telekanaliga bergan intervyusida UFC 249 musobaqasi 9-may kuni o‘tkazilishini e’lon qildi.  

Florida shtatidagi “VyStar Veterans Memorial Arena”da bo‘lib o‘tadigan tadbirning asosiy jangi Toni Fergyuson va Jastin Getji o‘rtasida yengil vazn toifasidagi vaqtincha chempionlik kamari uchun kechadi.

Shuningdek, kechaning asosiy kardidan yana bir yulduzli jang o‘rin olgan bo‘lib, unda o‘ta yengil vazn toifasida dunyo birinchiligi uchun Genri Sehudo Dominik Kruzga qarshi jang qiladi.

Qayd etilishicha musobaqaning asosiy kardidan quyidagi juftliklar o‘rin olgan:

Fransis Ngannu – Jairzino Rozenstruyk;

Donald Serrone – Entoni Pettis;

Jeremi Stivens – Kelvin Kattar;

Greg Hardi – Yorgan De Kastro.

Eslatib o‘tamiz, UFC 249 musobaqasi 18-aprel kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi, ammo musobaqa koronavirus sabab qoldirilgandi. Promoushen turnirni boshqa joyga ko‘chirishga urinib ko‘rdi, biroq siyosiy bosim ushbu tadbirning ham qoldirilishiga olib keldi.


Bu ham qiziq

Uzun sochli ukrainalik ayol dunyo rekordini yangiladi

Uzun sochli ukrainalik ayol dunyo rekordini yangiladi

Uning sochlarining uzunligi 257 santimetrga yetgan.
09:04 / 25.04.2024
Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Qashqadaryoda 102 yoshli otaxonga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi

Xabarga koʻra, otaxonning oʻgʻillari FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan.
12:49 / 24.04.2024
Yuz minglab argentinaliklar prezident Xaver Mayli siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Yuz minglab argentinaliklar prezident Xaver Mayli siyosatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar mamlakat hukumatidan ta’limni bepul qoldirishni talab qilmoqda.
15:48 / 24.04.2024
O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

Bu 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra.
12:40 / 25.04.2024
Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Samarqandda erini tiriklayin yoqib yuborgan ayol 12 yilga qamaldi

Sud hujjatlarida ko‘rsatilishicha, ular tez-tez janjallashib turgan.
17:53 / 24.04.2024
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

U 25-28-aprel kunlari oralig‘ida bo‘lishi mumkin.
12:58 / 23.04.2024
Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Dunyoda ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning deyarli beshdan bir qismi chiqindiga ketadi

Qayd etilishicha, chiqindilarning asosiy qismi (60%) uy xo‘jaliklaridan chiqadi.
17:26 / 24.04.2024
Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Buyuk Britaniya Ukrainaga eng yirik harbiy yordam paketini jo‘natadi

Rishi Sunak seshanba kuni Polshaga tashrifi doirasida Ukrainaga 500 million funt sterlinglik yangi harbiy yordam paketini ra…
12:40 / 23.04.2024
Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
09:58 / 24.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!