$
12689.97 UZS
-15.03
137.20 UZS
1.09
13557.96 UZS
14.43
22° Kechasi 10°

Toshkentda geroin sotish bilan shug‘ullangan 19 yashar “kladmen” ushlandi 

16:26 / 03.09.2021

Joriy yil 23-avgust kuni taxminan soat 20.00 da Chilonzor tumanida “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi doirasida o‘tkazilgan profilaktik tadbir davomida xatti-harakatlari shubha uyg‘otgan 19 yoshli O‘razali J. to‘xtatildi. 

Tekshiruv davomida uning yonidan 12 dona kichik o‘ramlarda jami og‘irligi 6,01 gr. Bo‘lgan “geroin” topilgan. Tadbir davom ettirilib, O‘razali J. tomonidan shaharning 8 hududida yashirib qo‘yilgan narkotik moddalar o‘ramlari topilgan.

Toshkent viloyatida tug‘ilgan O‘razali J. ning aytishicha, u internet orqali ish qidirib, Oleg ismli shaxs bilan tanishib qoladi. Oleg unga manzil bo‘yicha borib yashirib qo‘yilgan turli vaznlardagi “geroin” o‘ramlarini olish va ularni o‘zi xohlagan joylarga yashirib, telegram messenjeri orqali geomanzilini o‘ziga tashlab berishi kerakligini aytadi. Va unga bu ishlari uchun 300-500 AQSh dollari miqdorida maosh taklif qiladi. 

O‘razali J. tergovda o‘z aybiga iqrorligini, bu ishi jinoyat ekanligini oldindan bilganini, qolaversa, Oleg ismli shaxs unga agar qo‘lga tushsa hech qanday yordam bermasligi haqida oldindan ogohlantirganini ma’lum qildi. 

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bo‘yicha (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish”) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Bu ham qiziq

“Tolibon” ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

“Tolibon” ilmiy asarlarni turk va oʻzbek tillariga tarjima qilishni taqiqladi

Bu haqida “Aamaj News” xabar berdi.
11:52 / 24.04.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar ma’lum qilindi

Unda eng ertakchi Xitoy davlati bo‘lmoqda.
12:43 / 23.04.2024
Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Gruziya Ukraina fuqarolari uchun vizasiz qolish muddatini uzaytirdi

Avvalroq, Ukraina fuqarolarining Gruziya hududida vizasiz qolishining bu muddati bir yil edi.
15:39 / 24.04.2024
O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

O‘zbekistondagi 20 ta bino modernizm davri obyekti maqomini oldi

Shuningdek, u va milliy madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.
17:17 / 23.04.2024
Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobil taqdim qilindi

Ulardan biri old tomonda, qolgan ikkitasi esa orqa tomonda joylashgan.
09:35 / 24.04.2024
Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
09:58 / 24.04.2024
Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Malayziyada ikkita vertolyot to‘qnashib ketishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Favqulodda vaziyatga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.
15:13 / 23.04.2024
Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva Devid Kemeron bilan uchrashdi

Senat Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Dev…
21:05 / 23.04.2024
Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Amerikaliklar uysizlar uchun jarimaga qarshi chiqishmoqda

Faollar “uysizlikni jinoyat deb hisoblash” konstitutsiyaga zid deb umid qilmoqda.
15:44 / 24.04.2024
G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

G‘azodagi qurbonlar soni 34 151 nafarga yetdi

So‘nggi 24 soat ichida anklavning yana 54 nafar fuqarosi halok bo‘lgan.
12:51 / 23.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!