Kecha, 12-iyul kuni Qirg‘izistoning Jalolobod viloyati Aqsi tumanida sodir bo‘lgan kuchli sel oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Ikki kishi esa bedarak yo‘qolgan.
“Kabar” davlat axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Akjol va Jolborstu qishloqlarida yo‘l va ko‘priklar butunlay vayron bo‘lgan. Kuchli sel Toshtak qishlog‘ida ikki bolani oqizib ketgan.
Sel oqibatida 8 kishining bedarak yo‘qolgani va qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida ularning 6 tasi topilgani aytilmoqda.
Ikki bolani qidirish ishlari davom etmoqda.
“Jalolobod viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kinologiya markazining maxsus xizmat itlari va xodimlari qidiruv jarayoniga jalb etilgan”, – deyiladi “Kabar” ma’lumotida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!