Prezident joriy yil 5-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunini imzoladi.
Mazkur Qonun 2018-yil 9-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Jahon banki ko‘magida ilg‘or xorijiy tajriba, umume’tirof etilgan normalar va standartlar asosida ishlab chiqilgan.
Yangi Qonunga ko‘ra banklar endi quyidagi yuridik shaxslarni tashkil etishi va (yoki) yuridik shaxslarning ustav kapitallarida ulush bilan ishtirok etishlari mumkin:
-kredit, sug‘urta va lizing operatsiyalarini professional asosda amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
-moliya bozori infratuzilmasining bir qismi bo‘lgan yoki banklarga axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar;
-qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
-bankning kafolati ostida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish maqsadida mazkur bankning xorijda tashkil etiladigan shoʻba tashkilotlari;
-faqat inkassatsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar;
-bank operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblar, shu jumladan bank kartalari bilan operatsiyalarga doir hisob-kitoblar ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar;
-fond va valyuta birjalari;
-kredit byurolari;
-qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozoriga joylashtirilgan aksiyalarning yigirma foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda fond birjasi listingiga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!