31-avgustdan boshlab mahalliy aviaqatnovlarni amalga oshiruvchi “Toshkent 3” aeroporti o‘z faoliyatini boshlaydi va respublika bo‘ylab amalga oshiriluvchi barcha aviaparvozlar ushbu aeroportdan jadvalga ko‘ra amalga oshiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways AJ xabar bermoqda.
“Yo‘lovchilardan mahalliy aviaqatnovlar bilan bog‘liq savollarni aviakompaniya aloqa-markazidan, aeroport ma’lumot olish markazidan va Uzbekistan Airways ijtomoiy tarmoqlaridan aniqlashtirishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 19-avgustdan boshlab aeroport terminalini Kobuldan Toshkent orqali tranzit qiluvchi Germaniya, Yevropa ittifoqining boshqa mamlakatlari va Afg‘oniston fuqarolarining to‘xtovsiz evakuatsiyasini ta’minlash uchun ajratgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!