Xabib Nurmagomedov Rossiyaning eng muvaffaqiyatli yulduzi – Forbes

  • 02:10 / 29.07.2021
  • 255

Bu borada tuzilgan reytingdan Morgenshtern, Timati, Polina Gagarina kabi yulduzlar ham o‘rin olgan.

Forbes jurnali Rossiyaning eng muvaffaqiyatli 50 yulduzi reytingini taqdim etdi. Bu haqda, “Sport Exspress” ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov egalladi. Ikkinchi o‘rindan esa rep yulduzi Alisher Morgenshtern joy oldi. Uchinchi o‘rin qo‘shiqchi va boshlovchi Olga Buzovaga nasib etdi.

Qayd etilishicha, jurnal yulduzlarning reytingdagi o‘rinlarini aniqlashda ularning daromadi va mashhurlik darajasini hisobga olgan.

Tuzib chiqilgan kuchli elliktalikka taniqli sportchilardan rossiyalik xokkeychi Aleksandr Ovechkin (oltinchi o‘rin), “Zenit” futbolchisi Artyom Dzyuba (to‘qqizinchi o‘rin), taniqli tennischi Daniil Medvedev (o‘n to‘qqizinchi o‘rin) kabilar kirishdi.

Forbes talqiniga ko‘ra eng muvaffaqiyatli yulduzlarning eng yaxshi 10 taligi quyidagicha:

1) Xabib Nurmagomedov, MMA (yakuniy ball 89.04) - 12 million dollar daromad;

2) Alisher Morgenshtern, musiqa (84.26) - 7,4 million;

3) Olga Buzova, televideniye (69,8) - 3,3 million;

4) Timati, musiqa (67,84) - 10,4 million;

5) Sergey Shnurov, musiqa (63.23) - 11 million;

6) Aleksandr Ovechkin, xokkey (52,21) - 12 million;

7) Kseniya Sobchak, televideniye (51,54) - 4,7 million;

8) Basta, musiqa (50,82) - 5,3 million;

9) Artyom Dzyuba, futbol (48,41) - 5,0 million;

10) Polina Gagarina, musiqa (44.32) - 6.0 million.