Xalid Ergench uchinchi bor ota bo‘ladi 

  • 17:55 / 05.04.2021
  • 204

Taniqli turk aktyori Xalit Ergench va aktrisa Berguzar Korel uchinchi bor ota-ona bo‘lish baxtiga erishadilar. Bu xaqida Berguzar Korelning o‘zi ma’lum qilgan.

Aktrisaning aytishicha, homiladorlik juftlik uchun kutilmagan yangilik bo‘lgan. Muxlislarni bundan boxabar etgan Korel ijodiy shartnomalarni bekor qilgani uchun hamkasblaridan ham uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, Xalit Ergench va Berguzar Korelning ikki nafar – 11 yoshli Ali va 1 yoshli Xon ismli o‘g‘il farzandlari bor.