Xalqaro matematika olimpiadasi g‘olibiga televizor va tashakkurnoma topshirildi

  • 10:01 / 12.08.2021
  • 423

Qoraqalpoq Davlat Universitetining bitiruvchisi joriy yil 2–7-avgust kunlari Oliygoh talabalari orasida bo‘lib o‘tgan matematika fanidan XXVIII Xalqaro Olimpiada g‘olibi Kamol Sodiqov Ellikqal’a tumani hokimiyati tomonidan taqdirlandi.

Tuman hokimi S. Avezov hudud aholisi va yoshlar, Kamol Sodiqov ta’lim olgan ustoz va o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, tadbirda olimpiada g‘olibini tabrikladi.

Shuningdek, Olimpiada g‘olibini qimmatbaho sovg‘alar va tashakkurnoma bilan taqdirladi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik talabalar Xalqaro matematika olimpiadasida 5 ta oltin, 6 ta kumush, 4+1 ta bronza medal va 2 ta faxriy yorliqni qo‘lga kiritishgan edi.
Ushbu olimpiadada 55 dan ortiq davlatdan 592 nafar talaba ishtirok etgan.