Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi

  • 14:59 / 14.06.2021
  • 83

Qozog‘istonning Atirau viloyati politsiya boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Atirau shahri migratsiya xizmati bo‘limi xodimlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini hibsga olishdi.

Ma’lum qilinishicha, u shaharda vaqtincha yashash uchun ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lgan. Hujjatlarni tekshirish jarayonida politsiya uning xalqaro qidiruvda ekanligini sezib qoladi. 32 yoshli erkak Mordoviya Respublikasida jinoyat sodir etganlikda ayblanmoqda. O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 291-moddasida keltirilgan pora berish bandi bilan jinoiy ish ochilgan.
 
Bir yil oldin Rossiya huquqni muhofaza qilish idoralari uni xalqaro qidiruvga bergan. Hozirda jinoyat qilishda ayblanyotgan shaxsga nisbatan hibsga olish jazosi qo‘llanilgan.