Xitoyda gaz portlashi oqibatida 11 kishi halok boʻldi

  • 14:16 / 13.06.2021
  • 156

Xitoyning Chjanvan hududidagi turarjoy binosida gaz portlashi sodir boʻldi. Hodisa oqibatida 11 kishi halok boʻlgan, 37 kishining ahvoli oʻta ogʻir ekani aytilmoqda.

Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, jabrlanganlar soni 100 kishidan ortiq. Portlash katta oziq-ovqat bozori hududidagi turarjoy majmuasida sodir boʻlgan.

Falokat vaqtidagi zarba toʻlqini uylardagi derazalarni sindirib tashlagan. Hodisa mahalliy vaqt bilan 06:30 sodir boʻlganiga qaramay, bozorda xaridorlar koʻp boʻlgan. Yaqin atrofdagi kafelarda nonushta qilib oʻtirgan odamlar ham portlashdan jabr koʻrganlar.

Shahardagi bir nechta qon quyish stansiyalari ishga tushirilgan. Shifokorlar va hukumat vakillari odamlarni qon topshirib, jabrlanganlarga yordam berishga chaqirmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etyapti.