Xitoyda koronavirusga qarshi dori topildi

  • 15:36 / 06.02.2020
  • 9662

Amerikalik shifokorlar koronavirusga chalingan bemorni qanday davolaganliklarini oshkor qilishdi

Uxandagi virusologiya Instituti olimlari “2019-nCoV” koronavirusiga qarshi kurasha oladigan preparat nomini e’lon qilishdi. Bezgak va avtoimmun xastaliklarini davolashda qo‘llaniladigan bu dori xloroxin deb ataladi. Mazkur preparat hujayralar tarkibidagi kislota miqdorini o‘zgartirib, atipik pnevmoniya virusi resyeptorlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari dori vositasi immun tizimini kuchaytirish hisobiga organizmning viruslarga qarshi kurashish qobiliyatini ham oshiradi.

Tadqiqotchilar preparatning xavfsiz va arzon ekanligini ham alohida ta’kidlab o‘tishgan. Xloroxin butun organizmga tarqalib, zudlik bilan o‘pkaga yetib boradi va kasallikni davolaydi. Olimlar 70 yil davomida bezgakka qarshi eng yaxshi vosita bo‘lib kelgan bu dori vositasini koronavirusni bartaraf etishda ham sinab ko‘rishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, hozircha koronavirusga qarshi topilgan barcha preparatlar tirik organizmlarda sinab ko‘rilmadi. Shu bois mazkur dori vositasining samaradorligini isbotlash uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi.