Xitoyda yirik kimyo zavodida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

  • 11:45 / 09.06.2021
  • 94

Xitoyning Shinjon mintaqasidagi Shixezi shahrida Hesheng Silicon Industry Co.Ltd kimyoviy moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda katta yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Jimu News xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, yong‘in qadoqlash bo‘limida boshlangan. Viloyat hokimiyatining ma‘lumotlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.

 Mutaxassislarning tekshiruv natijalariga ko‘ra, havoga ko‘tarilgan moddalar asosan qattiq zarralar bo‘lib, zaharli toksik gazlar emas.

Twitter ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari korxonada yong‘in oldidan portlash sodir bo‘lganligini yozmoqdalar.