Xitoylik oilalarga uchtagacha farzand koʻrishga ruxsat berildi

  • 16:17 / 31.05.2021
  • 235

Xitoy hukumati mamlakat hududida yashovchi oilalarga uchtagacha farzand koʻrishga ruxsat berish qaroriga keldi.

Maʼlumotlarga koʻra, tugʻilish koʻrsatkichlarini cheklash siyosatini yumshatish toʻgʻrisidagi qaror XKPning MK Siyosiy byurosi majlisida qabul qilingan. Uning aynan qachondan boshlab kuchga kirishi esa oshkor qilinmagan.

Eslatib oʻtamiz, 2016-yilning 1-yanvar sanasida Xitoyda oilalarga ikkitagacha farzand koʻrishga ruxsat beruvchi qonun kuchga kirgandi. Mazkur qonun “Bitta oila – bitta farzand” siyosatini yumshatish chorasi sifatida qabul qilingan.