Xonanda Dineyra turmushga chiqdi 

  • 11:21 / 13.04.2021
  • 180

 

12-aprel kuni 36 yoshli xonanda Dineyra (Dinara Hasenova) ning to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi. Visol oqshomi poytaxtdagi restoranlardan birida xonandaning yaqinlari va do‘stlari qurshovida nishonlandi. 

Ma’lumot uchun, Dinara Hasenova 1985-yil 21-iyul kuni Navoiy viloyatida tavallud topgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘qigan. San’at sohasiga bo‘lgan kuchli qiziqishi tufayli qo‘shiqlar ijro qilishni boshlagan. 

Dineyra xonandalik faoliyati bilan bir qatorda Zebo Navro‘zovaning “Yor-yor qani?”, “Baxt izlab” filmlarida suratga tushgan.