Xonanda Jasur Umirov ozodlikka chiqdi 

  • 17:25 / 10.06.2021
  • 475

Jinoyat kodeksining 118-moddasi bilan aybli deb topilib, joriy yil 2-fevral kuni Kattaqo‘rg‘on shahar sudi hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan xonanda Jasur Umirov ozodlikka chiqdi.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha xonanda va yana 2 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qilgan edi.

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi xodimining tasdiqlashicha, Jasur Umirovga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan cheklash jazo turiga o‘zgartirilgan.


Endilikda xonanda o‘ziga belgilangan muddatni jazoni ijro etish muassasasida o‘tamaydi, balki unga o‘z uyida kunning ma’lum vaqtida ko‘chaga chiqmaslik shartlari yuklatiladi.