Xonanda Ruxshona klipmeyker Sanjar Matkarimov bilan ajrashganini maʼlum qildi

  • 10:34 / 14.10.2021
  • 443

Xonanda Ruxshona oʻzining Instagram'dagi rasmiy sahifasida muxlislaridan kelgan savollarga javob berdi.

Ruxshonaning muxlislari undan turmush oʻrtogʻi Sanjar Matkarimov bilan ajrashgani rost yoki yolgʻon ekanligi haqida soʻrashgan. Xonanda buning haqiqat ekanligini aytib, kelgusida yarashish niyati yoʻqligini maʼlum qilgan. Uning aytishicha, juftlikning farzandlari ayni vaqtda onasi bilan birga, ammo ajrimdan keyin Sanjar Matkarimov bir muddat davomida bolalarni Ruxshonaga bermagan.

Xonandaning soʻzlariga koʻra, turmush oʻrtogʻi unga musht tushirgan va kaltaklagan. Oilaning buzilishiga esa rashk sabab boʻlgan. U ajrimdan keyin oʻziga kelish uchun Yaratgandan tunu kun kuch-quvvat soʻraganini aytib oʻtgan.

Xonanda bundan keyin Sanjar Matkarimov rejissyorlik qiladigan “Bola tilidan” koʻrsatuvida ham boshlovchilik qilmaydi.

Maʼlumot uchun, xonanda Ruxshona va rejissyor-klipmeyker Sanjar Matkarimov 2014-yilning 2-noyabr kuni turmush qurgan edilar.