Xorazm milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi 

  • 09:42 / 17.12.2019
  • 421

Xorazmda umumiy maydoni 21687,5 gektar bo‘lgan milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi. 

14-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Xorazm milliy tabiat bog‘i tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Xorazm viloyatining Urganch, Xonqa, Xiva, Yangibozor va Hazorasp tumanlarida umumiy maydoni 21687,5 gektar bo‘lgan Xorazm milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi. 

Tabiat bog‘i Davlat ekologiya qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.

Shuningdek qaror bilan, Xorazm milliy tabiat bog‘iga doimiy foydalanish huquqi asosida beriladigan yer uchastkalarining maydoni hamda tabiat bog‘ining qo‘riqxona, rekreatsiya va xo‘jalik maqsadida foydalanish zonalari uchun ajratiladigan yer maydonlari tasdiqlangan.