Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentda retro avtomobillar marshi bo‘lib o‘tadi

  • 09:29 / 04.05.2021
  • 1035

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 4 – 7-may kunlari O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan retro mashinalar marshi hamda harbiy ansambl va orkestr jamoalarining urush yillari aks ettirilgan konsert dasturlari namoyish etiladi.

Konsert dasturlari quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:

4-may – soat 14:00 – 17:00 da – Mudofaa vazirligi – 22-harbiy shaharcha – M.Ulug‘bek bog‘i – X.Olimjon mavzeyi – Dinamo stadioni – Irrigatsiya instituti – Bodomzor chorrahasi – “Gʻalaba bog‘i” – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: M.Ulug‘bek bog‘i va “Gʻalaba bog‘i”;

5-may – soat 10:00 – 15:00 da – Mudofaa vazirligi – Qurolli Kuchlar akademiyasi – Toshkent Shimoliy vokzali – Sirg‘ali bozori – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: Toshkent Shimoliy vokzali,  Sirg‘ali bozori  va “Ashxobod” bog‘i;

6-may – soat 14:00 – 19:00 da – Mudofaa vazirligi – “EKO” bozori – A.Donish ko‘chasi, Mega planet – Yunusobod ko‘chasi Korzinka savdo markazi –Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: “EKO” bozori, Mega planet  va Korzinka savdo markazi;

7-may – soat 10:00 – 17:00 da – Mudofaa vazirligi – “Toshkent” siti – Xalqlar do‘stligi san’at saroyi – Chilonzor dehqon bozori – Mudofaa vazirligi yo‘nalishlarida harakat qiladi. To‘xtash joylari: “Toshkent” siti, Xalqlar do‘stligi san’at saroyi  va Chilonzor dehqon bozori.