Yana bir kumush medal naqd! Oʻzbekistonlik para taekvondochi qiz finalga yoʻl oldi

  • 12:48 / 04.09.2021
  • 123

Guljanoy Naimova yarim finalda birinchi raqamli sportchini yirik hisobda yengdi.

Para taekvondo boʻyicha ayollar oʻrtasida +58 kg vazn toifasida hamyurtimiz Guljanoy Naimova bir oz avval yarim final jangini yakunladi.

Ushbu bosqichda sportchimizga Buyuk Britaniya vakili Emi Trusdeyl raqiblik qildi. Eʼtiborlisi, Guljanoy musobaqaning birinchi raqamli sportchisini 60:14 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Shu tariqa hamyurtimiz final yoʻllanmasiga ega boʻldi. Oltin medal uchun kechadigan bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.