Yana bir oltin medal! Guljanoy Naimova – Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlari chempioni boʻldi

  • 17:40 / 04.09.2021
  • 267

Para taekvondo boʻyicha ayollar oʻrtasida +58 kg vazn toifasida hamyurtimiz Guljanoy Naimova final jangini oʻtkazdi.

Oltin medal uchun kechgan jangda vakilimizga braziliyalik Menezes Bezerra raqiblik qildi. Mazkur jangda hamyurtimiz musobaqaning ikkinchi raqamli sportchisini 8:4 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor boʻldi.

Qayd etish mumkin, ayni damda delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 19 taga yetdi. Shundan 8 tasi oltin, 5 tasi kumush, 6 tasi bronza medallarini tashkil etmoqda.