Yana boks, yana mag‘lubiyat...

  • 13:36 / 03.08.2021
  • 184

Afsuski, delegatsiyamiz hisobida yana bir yo‘qotish. Bokschimiz Rayhona Qodirova chorak final bosqichida amaldagi jahon chempioniga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. -60 kg vazn toifasida bahs olib borgan bokschimiz braziliyalik Beatriz Ferreyraga qarshi ringga ko‘tarildi. Tajriba bobida raqibasidan ancha ustun bo‘lgan Ferreyra 5:0 hisobida ustun keldi va yakunda o‘z g‘alabasini tantana qilib, yarim finalga yo‘l oldi. Afsuski, bugun uchinchi bokschimiz ham yarim final uchun kechgan bahsda Olimpiadani tark etmoqda.