Yangi haftada O‘zbekistonning qaysi hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi

  • 15:42 / 13.06.2021
  • 260

“O‘zgidromet” xizmati hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini e’lon qildi.

Unga ko'ra, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-iyunda ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 15–16-iyunda 34-39°, 17–18-iyunda esa 35-40° bo‘ladi.
 
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-iyunda ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 15–16-iyunda 34-39°, 17–18-iyunda 36-41° bo‘ladi.
 
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-iyunda ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 15–16-iyunda 33-38°, 17–18-iyunda 35-40° bo‘ladi.
 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-iyunda ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-26°, kunduzi 15–16-iyunda 35-40°, 17–18-iyunda 36-41° bo‘ladi.
 
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida  havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-iyunda ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 15-iyunda 30-35°, 16–18-iyunda 35-40° bo‘ladi. 
 
Respublikaning tog‘li hududlarida esa havo o‘zgarib turadi, 15-iyunda tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 16–18-iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-iyunda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 15-iyunda 20-25°, 16–18-iyunda 23-28° bo‘ladi.