Yangi model asosida Toshkentdan Moskvaga ilk parvoz amalga oshirildi

  • 15:03 / 30.08.2021
  • 236

Mustaqillik bayramini nishonlash arafasida aviatashuvlarning yangi gibrid modeliga o‘tildi va uning doirasida Uzbekistan Airways Express Toshkentdan Moskvaga birinchi aviaqatnovni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airways AJ xabar bermoqda.
⠀ 
Qayd etilishicha, Uzbekistan Airways Express O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan hamkorlikda 22 nafar migrant-yo‘lovchilarga Toshkent-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha bir martalik bepul aviachiptalarni hadya etdi. 
⠀ 
Uzbekistan Airways Express “to‘liq ekonom” tarzida komponovka qilingan 4 ta Airbus A320 samolyotida mahalliy va mintaqalararo aviaqatnovlarga e’tibor qaratadi. Parvozlar Moskva, Novosibirsk, Qozon, Rostov-na-Donu, Krasnodar, Sochi, Mineralniye Vodi, Yekaterinburg va Aqtau, Aqtobe kabi shaharlarga amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi mahalliy aeroport faoliyati tiklanayotgani haqida xabar berilgandi.