Yangi odatlarni oʻzlashtiramiz!

  • 12:20 / 09.06.2021
  • 111

Bitta ishni odat tusiga kiritish uchun 2-3 hafta vaqt kerak boʻladi. Shunday ekan yangiliklarni sinab koʻrishdan qoʻrqmang, qiziquvchan hamda intiluvchan boʻling.

1. Bir hafta davomida boshingizni tik koʻtarib yurishga harakat qiling. Tez orada xotirangiz yaxshilanadi, atrofdagi hodisalarni tezroq anglay boshlaysiz.

2. Ikki hafta davomida qahva ichmaslikka harakat qiling. Oradan koʻp vaqt oʻtmay turib avvalgidan tinch uxlashni boshlaganingizni sezasiz.

3. Uxlash oldidan ovqatlanmang. Uyquga och qorin bilan yotishga harakat qiling. Tez orada yaxshi va yorqin tushlar koʻrishni boshlaysiz, har tong tetik holatda uygʻonasiz.

4. Isteʼmol qilayotgan taomlaringizdagi tuz va murch miqdorini kamaytiring. Buning natijasida isteʼmol qilayotgan yeguliklaringiz miqdori ham kamayadi. Bir oydan keyin esa ozishni boshlaysiz.

5. Gazli ichimliklardan voz kechishga harakat qilib koʻring. Natijada oddiy suvning qanchalar mazali ekanligini tushunasiz, organizm esa sizga “rahmat aytadi”.

6. Uxlashdan bir necha soat avval televizor, kompyuter va smartfondan foydalanmang. Ushbu odatdan voz kechish hisobiga foydali odatlarni oʻzlashtirasiz. Buning oʻringa kitob oʻqish yoki qoʻl mehnati bilan shugʻullanish mumkin.

7. Kelgusi ikki hafta ichida telefondan faqatgina ish boʻyicha foydalanishga harakat qiling. Tez orada vaqtingiz qanchalar barakali boʻlib qolganini sezasiz.