Yangi O‘zbekiston universitetiga qabul kvotalari tasdiqlandi

  • 10:01 / 05.08.2021
  • 241

Yangi O‘zbekiston universitetiga qabul kvotalari tasdiqlandi. Bu haqda Prezident ta'lim muassasalari agentligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda universitetga 300 nafar talaba qabul qilinadi.
 
Yangi O‘zbekiston universiteti yo‘nalishlari va qabul kvotasi:
–  Mexanika muhandisligi (100 o‘rin)
–  Kimyo muhandisligi (100 o‘rin)
–  Dasturiy ta’minot muhandisligi (100 o‘rin)

Talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
–  pasport nusxasi (doimiy propiska sahifasi bilan);
–  umumiy o'rta ta'lim (11-sinf negizida) yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;
–  ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (eng kamida IELTS 6.0 / TOEFL iBT 60 / Duo Lingo 95);
–  Oxirgi uch oy ichida olingan fotosuratning elektron varianti.

Eslatib o‘tamiz, Yangi O‘zbekiston universitetiga qabul  joriy yilning 15-avgust kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi.