Yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining hajmi qariyb 128 trln. so‘mga yetdi

  • 10:18 / 22.07.2021
  • 33

2021-yil yanvar-iyun oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 127 trln. 694,7 mlrd. so‘mga, nominal hajmi esa 28 trln. 861,6 mlrd. so‘mga oshdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 118,3 foizni tashkil etdi. Shu jumladan, yanvar oyiga nisbatan iyun oyida (diskret oy) ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 2,9 trln. so‘mga o‘sib, 23,4 trln. so‘mni tashkil etdi.

2021-yil yanvar-iyun oylarida yuqori o‘sish ta’lim sohasidagi xizmatlarda (40,8 foiz), ijara xizmatlarida (33,8 foiz), sog‘liqni saqlash (31,4 foiz), kompyuterlarni ta’mirlash (27,9 foiz), moliyaviy xizmatlar (27,1 foiz), ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar (26,1 foiz), me’morchilik sohasidagi xizmatlar (21,1 foiz), shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlarida (19,4 foiz) qayd etildi.

Teglar