Yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 18 mlrd. dollardan oshdi

  • 09:34 / 21.07.2021
  • 49

2021-yilning yanvar-iyun oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 18 mlrd. 12,8 mln. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 2 mlrd. 150,3 mln. AQSh dollariga yoki 13,6 foizga koʻpaydi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

Qayd qilinishicha, tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi 2021-yil may oyida qayd etilib, 4 250,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 2020-yilning shu oyiga nisbatan 2 mlrd. 78,9 mln. AQSh dollariga koʻpaydi.

Shuningdek, iyun oyida tashqi savdo aylanmasi hajmi 3 mlrd. 440,3 mln. AQSh dollarini tashkil etdi va 2020-yilning shu davriga nisbatan 15,1 foizga koʻpaydi.

Ma’lumot o‘rnida, tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan oltita davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan. Xususan, Afgʻoniston, Qirgʻiz Respublikasi, Tojikiston, Turkiya, Kanada va Eron shular jumlasidandir. Qolgan 14 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

Teglar