Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga xorjdan 1,42 mlrd AQSh dollari kelib tushgan

  • 17:18 / 15.04.2021
  • 124

Markaziy bank bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-mart oylarida respublikaga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi qariyb 1,42 mlrd dollarni tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 336 mln dollarga yoki 31 foizga oshgan.

Chet elga yuborilgan xalqaro pul o‘tkazmalari miqdori esa 353 mln dollarga yetgan.
Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo qariyb 1,06 mlrd dollarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari  hajmi 6,03 mlrd dollarni tashkil etib, 2019-yilga nisbatan 17 mln. dollarga yoki 0,3% foizga oshgani ma’lum qilingan edi.

Xuddi shuningdek, ushbu davr oralig‘ida chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 1,20 mlrd dollarga yetgan va 2019-yilning mos davriga nisbatan 157 mln. dollarga yoki 15 foizga oshgan.