Yaponiya Rossiya Federatsiyasining harbiy samolyoti qo‘lga olganini e’lon qildi

  • 11:27 / 11.06.2020
  • 935

Yaponiyaning qiruvchi samolyotlari Xokkaydo va Xonsyu orollari yaqinida Rossiyaning Il-20 razvedka samolyotini qo‘lga oldi. Yaponiya shtab boshliqlarining birlashgan qo‘mitasida bu samolyot Yapon dengizining xalqaro suvlari ustidan uchib o‘tganligiga aniqlik kiritilgan. 
 
Il-20 yapon dengizi chegarasi bo‘ylab ming kilometrcha uchib o‘tib, keyin bazaga qaytib ketdi, deya xabar beradi “Interfaks”. Nashrning aniqlik kiritishicha, samolyot skanerlash uskunalari, optik sensorlar, sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi va suratga olish uskunalari bilan jihozlangan.     

Avvalroq, AQSh harbiy havo kuchlarining samolyotlari Alyaska yaqinidagi Amerika havo mudofaa hududiga kirgan Rossiyaning Tu-95 strategik bombardimonchi samolyotini qo‘lga olish uchun uchirilgan edi. Rossiya mudofaa vazirligi ularga javoban bu uchishlar reja asosida amalga oshirilganini aytgandi. Qolaversa, RF harbiy kuchlari Bosh shtabining Bosh operativ boshqarma boshlig‘i Sergey Rudskoyning aytishicha, AQSh va uning ittifoqchilari Rossiya chegaralari yaqinida harbiy faollikni sezilarli darajada oshirishgan, deb yozadi  RT.