Yaponiyada karbonat angidrid darajasi so‘nggi 33 yilda eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

  • 13:03 / 30.03.2021
  • 176

2020-yilda Yaponiyada karbonat angidrid gazining konsentratsiyasi oxirgi 33 yil ichida eng yuqori darajaga yetganligi ta’kidlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gazning ta’siri, ayniqsa, mamlakatning uchta hududida – Shimoliy Ivate prefekturasida, Janubiy Yonaguni orolida va Ogasavara orollarida ko‘proq. 

Ushbu hududlarda chiqindilarning ko‘payishi sabab o‘rtacha karbonat angidrid gazi ko‘rsatkichi 414 ppm – 417 ppm bo‘lganligi aniqlandi. Bu esa mamlakatda 1987-yildan beri rekord ko‘rsatkichga aylandi. 

Chiqindilar sabab o‘sayotgan karbonat angidrid gazi mamlakat ekologik xizmati tomonidan nazoratga olingan.