Yaponiyada voleybol bo‘yicha Osiyo chempionatiga start berildi

  • 10:29 / 13.09.2021
  • 60

Xabar berganimizdek, kecha Yaponiyaning Chiba shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslarida start berildi. Musobaqada 16ta jamoa 4ta guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishdi.

Erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionati

“A” guruhi: Yaponiya, Hindiston, Qatar, Bruney,

“V” guruhi: Eron, Pokiston, Tailand, Gonkong,

“S” guruhi: Avstraliya, Xitoy, O‘zbekiston, Quvayt,

“D” guruhi: Janubiy Koreya, Xitoy taypeyi, Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni.

Kecha vakillarimiz guruh bosqichini Avstraliya terma jamoasiga qarshi boshlashdi va murosasiz kechgan o‘yinda 3:0 hisobida yutqazib qo‘yishdi. Hamyurtlarimiz “yashil qit’a” vakillariga 25:16, 25:19, 25:19 hisoblarida imkoniyatni boy berdi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda esa Xitoy terma jamoasi Quvaytni 3:0 hisobida yengdi.

Hozirgina yakuniga yetgan guruhning ikkinchi uchrashuvida terma jamoamiz a’zolari Xitoyga 0:3 (14:25, 18:25, 16:25) hisobida yutqazib qo‘yishdi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Avstraliya va Quvayt terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.