Yaponiyaga ishga jo‘natish uchun $3,4 ming olgan firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

  • 09:18 / 22.07.2021
  • 51

Ma’lum qilinishicha, 1-iyul kuni Chortoq tumanida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra, 2019-yil noyabr oyida Chortoq tumanida yashovchi 1978-yilda tug‘ilgan fuqaro Yaponiya davlatiga ishga yuborishini aytib, undan jami 3 ming 400 AQSH dollarini oladi. U pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 19-iyul kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq harbiy qismdagi 65 mlrd. so‘mlik qurilishni “olib berish” evaziga 30 ming AQSh dollari talab qilgan guruh qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.