Yaxshiboyevning “Sherif”dagi debyuti omadli chiqdi

  • 10:58 / 13.09.2021
  • 62

Moldova chempionatining 9-turi doirasida “Sherif” o‘z maydonida “Petrokub”ni qabul qildi.

Hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev mazkur uchrashuvning ikkinchi bo‘lim avvalida maydonga tushdi. 71-daqiqada Kastandening goliga assist vazifasini bajardi. Oradan 5-daqiqa o‘tib esa Yaxshiboyev “Sherif” tarkibidagi ilk golini kiritdi.

Moldova chempionati, 9-tur

Sherif - Petrokub 2:0

Gollar: Kastaneda, 71 - 1:0, Yaxshiboyev, 76 - 2:0