Yekaterinburgda nomaʼlum kimsa yoʻlovchilarga pichoq bilan tashlanib, uch kishini oʻldirdi

  • 16:46 / 17.05.2021
  • 146

Yekaterinburg shahridagi temiryoʻl vokzalida nomaʼlum kimsa yoʻlovchilarga pichoq bilan hujum qildi. Hodisa oqibatida uch kishi halok boʻlgan.

Gumonlanuvchi qoʻlga olingan vaqtda qonunni muhofaza qilish organlari xodimlariga sovuq qurol ishlatib, qarshilik koʻrsatgan. Politsiyachilar unga oʻq otishga majbur boʻlganlar. Ayni vaqtda gumonlanuvchining ahvoli ogʻir ekani aytilmoqda.

Gumonlanuvchi jinoyatni sodir etgan vaqtda spirtli ichimlik taʼsirida boʻlgani taxmin qilinyapti. Halok boʻlganlarning shaxsi esa hali aniqlanmagan.