Yelizaveta II ning boyligi qancha ekanligi hisoblab chiqildi

  • 16:04 / 13.06.2021
  • 516

Ekspertlar Buyuk Britaniya qirolichasining boyligi qancha ekanligini hisoblab chiqishdi. Maʼlum qilinishicha, qirolicha mamlakat hududidagi eng yirik koʻchmas mulk agentliklaridan biri – “The Crown Estate” kompaniyasi ulushiga egalik qiladi. Kompaniyaning asl sohibi aynan kim ekanligi esa nomaʼlum.

Mutaxassislarning aytishicha, qirolicha ulkan boylik egasidir: “The Crown Estate” aktivlarining qiymati 17 milliard AQSh dollaridan oshadi.

“The Crown Estate” kompaniyasi mamlakat boʻylab turli-tuman koʻchmas mulklar, jumladan saroylar, kottejlar, qishloq xoʻjaligi yerlari, oʻrmonlar va savdo markazlariga egalik qiladi. Buyuk Britaniya sohillarining yarmidan koʻpi ham aynan mana shu kompaniya mulki hisoblanadi.

Kompaniya daromadining 25 foizi qirolicha va qirollik oilasiga topshiriladi.