Yerdagi harorat soʻnggi uch million yillik rekordni yangiladi

  • 09:26 / 07.05.2021
  • 125

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh “Petersberg iqlim suhbati” forumida oʻtgan yili Yerdagi umumiy harorat rekord darajani qayd etganini maʼlum qildi.

Uning aytishicha, atmosferadagi karbonad angidrid gazi konsentratsiyasi avvalgi rekordni yangilab, sanoat davrigacha boʻlgan 148 foizlik darajadan ham oshib ketgan. Guterresh bu soʻnggi 3 million yil ichidagi eng yuqori koʻrsatkich ekanligini taʼkidladi.

“Ayni vaqtdagi sharoitdan kelib chiqadigan boʻlsak, biz avvalgidek haroratning asr oxiriga kelib 2,4 gradusga fojiaviy tarzda koʻtarilishi tomon ketmoqdamiz. Jar yoqasida turibmiz”, dedi bosh kotib. U insoniyatni halokatdan rivojlanishning “toza” usullarigina saqlab qolishini aytib oʻtgan.